28 Okt 2026
LABORATORIYA XIZMATIDA SIFAT VA ZAMONAVIY BOŞQARUV: TRENERLARNI TAYYORLAŞ KURSI BOŞLANDI
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va "SAĞLIK GROUP" tomonidan markaziy laboratoriyalar mudirlari uçun «Trenerlarni tayyorlaş (ToT)» malaka oşiriş kursi taşkil etildi.
Kurs Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International Özbekiston tibbiyot markazida öz işini boşladi. Markazimiz mazkur xalqaro ta’lim dasturiga mezbonlik qilmoqda.
📅 2026-yil 26–30-oktabr kunlari ötkazilayotgan beş kunlik dasturda 31 nafar markaziy laboratoriya mudiri iştirok etmoqda. Kursning umumiy hajmi 32 soatlik nazariy va amaliy maşğulotlarni taşkil etadi.
📍 Dasturning 26–28-oktabrdagi nazariy va amaliy maşğulotlari Markazimizda, 29–30-oktabrdagi amaliy qismi esa «Toşkent şahar tibbiy maslahat-diagnostika markazi» DUK markazlaşgan laboratoriyasida ötkaziladi.
🎯 Dasturning asosiy maqsadi — klinik biokimyo va tibbiy mikrobiologiya laboratoriyalarida preanalitik, analitik hamda postanalitik jarayonlarni xalqaro standartlarga muvofiq boşqara oladigan, sifat tizimini takomillaştiradigan va öz bilimlarini hududlardagi laboratoriya xodimlariga yetkaza oladigan malakali trenerlarni tayyorlaşdir.
📚 Kurs doirasida:
🔹 laboratoriya faoliyatini samarali taşkil etiş;
🔹 namunalarni oliş, saqlaş, taşiş va kuzatuvçanligini ta’minlaş;
🔹 içki va taşqi sifat nazorati;
🔹 laboratoriya xatolarini aniqlaş va ularning tub sabablarini tahlil qiliş;
🔹 mikrobiologik sifat kafolati va bioxavfsizlik;
🔹 ISO 15189:2022 talablari va sifat menejmenti;
🔹 LIS–TAMS integratsiyasi hamda DMed tizimida işlaş;
🔹 trenerlik, mikrota’lim va samarali qayta aloqa könikmalari örgatilmoqda.
🌍 Maşğulotlarni Turkiyaning tajribali mutaxassislari — professor, doktor Ferruh Kemal İşman va doktor Kadri Demirel, şuningdek, özbekistonlik mutaxassislar Davron Kholmurodov hamda Sevinç Jamshetova olib bormoqda.
🧩 Ta’lim jarayoni ma’ruzalar bilan çeklanmay, klinik holatlar tahlili, guruhli işler, mikrotreninglar va markazlaşgan laboratoriyadagi amaliy maşğulotlarni ham qamrab oladi. Kurs yakunida iştirokçilar öz muassasalari uçun 30–60–90 kunlik amaliy harakatlar rejasini işlab çiqadilar.
🤝 Uşbu dastur laboratoriya xizmatlari sifatini oşiriş, hududlarda yagona standartlarni joriy etiş va olingan bilimlarni keng ommalaştirişga xizmat qiladi.
🎥 Kursning dastlabki maşğulotlari, xalqaro tajriba almashinuvlari va iştirokçilarning taassurotlari bilan videolavhamiz orqali tanişing!
✨ Sifatli laboratoriya diagnostikasi — aniq taşxis va samarali davolaşning muhim asosidir!