30 Okt 2026
SARKOMALARNI DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazida sarkomalarni tashxislash va davolashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy kongress o‘tkaziladi.
Hurmatli hamkasblar!
🏥 Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazida sarkomalarni tashxislash va davolashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy kongress o‘tkaziladi.
🌍 Tadbirda xorijdan taklif etilgan nufuzli mutaxassislar ishtirok etadi:
🇫🇷 doktor Carine Ngo;
🇫🇷 professor Axel Le Cesne;
🇫🇷 doktor Matthieu Faron.
🔬 Konferensiya asosiy yo‘nalishlari:
🔹 sarkomalarni zamonaviy tashxislash tamoyillari;
🔹 jarrohlik va tizimli davolashning ilg‘or usullari;
🔹 murakkab klinik holatlarda multidisiplinar yondashuv;
🔹 individual davolash taktikasini belgilash;
🔹 xalqaro klinik tajriba va zamonaviy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish.
🤝 Kongress yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, klinik holatlarni muhokama qilish hamda sarkomalarni davolash samaradorligini yanada oshirish uchun muhim professional maydon bo‘ladi.
👥 Ishtirok etishga taklif etiladi:
🩺 onkologlar va kimyoterapevtlar;
🔪 onkojarrohlar hamda umumiy jarrohlar;
🦴 travmatolog-ortopedlar;
☢️ radioterapevtlar va radiologlar;
🔬 patologlar va patomorfologlar;
📚 klinik ordinatorlar, magistrlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar;
👨⚕️ mavzuga qiziquvchi barcha tibbiyot mutaxassislari.
📅 Sana: 2026-yil 5-noyabr
🕘 Vaqti: 09:00–17:00
📍 Manzil: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Katta majlislar zali
💫 Barcha mutaxassislarni xalqaro kongressda faol ishtirok etish, bilim va tajriba almashishga taklif qilamiz!