Radiatsion onkolog
Mansurova Guli Baxadirovna
Radioterapevt, braxiterapevt
Professional rezyume
Radioterapiya bo'limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, 35 yillik amaliyot. Saraton kasalliklarini zamonaviy nur uskunalarida ilg'or usullar bilan davolaydi, har bir kursni individual rejalashtiradi va har bir bemor bilan kasalligi hamda davolash usullari haqida suhbat o'tkazadi.
Mutaxassislik yo'nalishlari
- Bachadon bo'yni, bachadon tanasi va qin saratonida 3-4D braxiterapiya
- Tashqi jinsiy a'zolarda igna bilan braxiterapiya
- To'g'ri ichak saratonida 3-4D braxiterapiya
- Teri o'smalarida braxiterapiya va rentgenoterapiya
Ta'lim va malaka
Toshkent tibbiyot instituti (1984–1990); Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy institutida internatura (1990–1991) va nur terapiyasi ixtisosligi (1999)
Xalqaro malaka oshirish: Motol klinikasi, Chexiya (2002) — radioterapiya; Mariya Sklodovska-Kyuri instituti, Polsha (2002) — braxiterapiya; Ruminiya (2008) — radioterapiya; N.N. Aleksandrov markazi, Belarus (2017); stereotaksik radioxirurgiya, Chexiya (2023)
Sertifikatlar va litsenziyalar
Tibbiyot fanlari nomzodi (2006). Oliy toifali shifokor (2025). Radiatsiya xavfsizligi sertifikati (2026).
Yutuqlar va ilmiy faoliyat
Bachadon bo'yni saratoni retsidivini prognozlash bo'yicha ro'yxatdan o'tgan dastur (2020) va retsidivlarni tashxislash-davolash bo'yicha uslubiy tavsiyalar (2012, 2015) yetakchi muallifi.