Yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Shifoxona e'lonlari, sog'liqni saqlash bo'yicha maqolalar, kampaniyalar va davolanish jarayoningizga oid ko'rsatmalarni o'qing.
21 Avg 2026
"Shifo baxsh etuvchi musiqa" xayriya konserti bo'lib o'tdi
21-avgust kuni Markaz konferensiyalar zalida davolanayotgan bemorlar uchun "Shifo baxsh etuvchi musiqa" xayriya konserti bo'lib o'tdi; tadbir bemorlarga ijobiy kayfiyat, qalb harorati va tezroq sog'ayishga umid baxsh etishga qaratildi.
17 Avg 2026
Tibbiy patologiya yo'nalishida Prof. Dr. Sevilay Ozmen bilan xalqaro hamkorlik
Markazda Ataturk universiteti Tibbiyot fakulteti Tibbiy patologiya kafedrasi professori Prof. Dr. Sevilay Ozmen ishtirokida zamonaviy patologik diagnostikaga bag'ishlangan o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
17 Avg 2026
Gustave Roussy International vakillari Markazga tashrif buyurdi
Gustave Roussy International vakillari Markaz faoliyatini audit qilish hamda xalqaro standartlarni joriy etish, JCI akkreditatsiyasini olish va bemorlar xavfsizligini mustahkamlashda amaliy yordam berish maqsadida tashrif buyurdi.
15 Avg 2026
Quyoshda qolgan plastik idishdagi suv saratonga sabab bo'ladimi? Mutaxassis izohi
Markaz bo'lim mudiri Olim Imomov ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan — quyoshda qolgan plastik idishdagi suv zararli bo'lib, saratonga sabab bo'lishi mumkinligi haqidagi da'volar va so'nggi tadqiqotlar yuzasidan izoh berdi.
13 Avg 2026
Professor Brayan Tyudor ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratoni bo'yicha seminar o'tkazdi
AQSh mutaxassisi professor Brayan P. Tyudor 6-12-avgust kunlari ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratonini tashxislash va davolash bo'yicha ilmiy-amaliy seminar o'tkazdi, 13-14-avgust kunlari esa Markazning Xorazm filialiga tashrif buyurdi.
07 Avg 2026
Navoiy filiali mutaxassislari tuman tibbiyot birlashmalarida amaliy tashrifda
Markazning Navoiy viloyati filiali yetakchi mutaxassislari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va skriningni kuchaytirish maqsadida Tomdi, Uchquduq, Zarafshon va Qiziltepa tibbiyot birlashmalarida amaliy-uslubiy tashriflar o'tkazdi.
06 Avg 2026
Dr. Mai Barakat sifat va bemorlar xavfsizligi bo'yicha rahbar etib tayinlandi
Markaz sifat nazorati, bemorlar xavfsizligi va klinik boshqaruv yo'nalishiga xalqaro tajribaga ega mutaxassis Dr. Mai Barakatni rahbar etib tayinladi. U 2026-yil 3-avgustdan faoliyatini boshladi.
05 Avg 2026
Xalqaro ekspert ishtirokidagi seminar — 6–12 avgust 2026
Professor Brayan Tyudor (AQSh) ishtirokida koʻkrak bezi va bachadon boʻyni saratonini tashxislash va davolash boʻyicha ilmiy-amaliy seminar.
24 Iyul 2026
Patomorfologik tashxis sifatini oshirish boʻyicha xalqaro seminar
27–31-iyul 2026: sut bezi va bachadon boʻyni saratoni patomorfologiyasi boʻyicha AQSh mutaxassislari ishtirokidagi oʻquv seminari.