Yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Shifoxona e'lonlari, sog'liqni saqlash bo'yicha maqolalar, kampaniyalar va davolanish jarayoningizga oid ko'rsatmalarni o'qing.
10 Sen 2026
Markaz va hududiy filiallar ishtirokida navbatdagi MDT yig'ilishlari o'tkazildi
Markaz va hududiy filiallar o'rtasida onkourologiya va onkoginekologiya yo'nalishlari bo'yicha MDT (multidisiplinar konsilium) yig'ilishlari o'tkazildi; ularda Markaz mutaxassislari va taklif etilgan xorijiy patomorfolog ishtirok etdi.
09 Sen 2026
Onkologiyada sun'iy intellekt: Mindray delegatsiyasi markazga tashrif buyurdi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Mindray kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi; sun'iy intellekt asosidagi tibbiy texnologiyalarni joriy etish muhokama qilindi.
08 Sen 2026
Markaz birinchi marta Edinburgdagi ICEM 2026 konferensiyasida ishtirok etmoqda
Markaz 6-10 sentyabr kunlari Shotlandiyaning Edinburg shahrida o'tayotgan 14-Xalqaro Ekologik Mutagenlar Konferensiyasi (ICEM 2026)da birinchi marta o'z stendi bilan qatnashib, O'zbekistondagi genetik tadqiqotlar natijalarini taqdim etmoqda.
07 Sen 2026
Onkologiya muassasalari rahbarlari uchun sertifikatlangan malaka oshirish kursi
O‘zbekiston onkologiya tizimida ilk bor Markaz onkologiya muassasalari rahbarlari uchun HEALTH MANAGMENT va Turkiya Strategik tadqiqotlar markazi hamkorligida sertifikatlangan malaka oshirish kursini o‘tkazmoqda. I modul 2026-yil 7–10-sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
28 Avg 2026
Professor Sevilay Ozmen Markazda patologiya mutaxassisi sifatida ish boshladi
Patologiya sohasida 17 yildan ortiq tajribaga ega professor Sevilay Ozmen Markazda ish boshladi.
28 Avg 2026
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Markaz xodimlari taqdirlandi
O'zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Markaz xodimlari fidokorona mehnati uchun davlat esdalik ko'krak nishoni, tashakkurnomalar, sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
25 Avg 2026
Markazga tibbiy onkolog Javid Hasanzade qo'shildi
Markaz jamoasiga onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashda 28 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), tibbiy onkolog Javid Hasanzade qo'shildi.
25 Avg 2026
Turkiyalik mutaxassis ishtirokida kam invaziv onkologik jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi
Markazda o'tkazilgan mahorat darsi doirasida kam invaziv jarrohlik bo'limi mutaxassislari va Sakarya universiteti professori Fatih Altıntoprak laparoskopik gastrektomiya hamda laparoskopik sigmasimon ichak rezeksiyasini bajardi.
21 Avg 2026
Markazda Ilmiy kengashning oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Markazda Ilmiy kengashning oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tib, unda ilmiy laboratoriya faoliyati, hududiy filiallarda o'pka saratonini davolashni takomillashtirish va dastlabki bosqichdagi klinik tadqiqot ko'rib chiqildi.