Yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Shifoxona e'lonlari, sog'liqni saqlash bo'yicha maqolalar, kampaniyalar va davolanish jarayoningizga oid ko'rsatmalarni o'qing.
07 Okt 2026
«Pushti oktabr — 2026»: Ichki ishlar vazirligidagi ayollar uchun ko‘rik va konsultatsiyalar
«Pushti oktabr — 2026» oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali ayollar salomatligini muhofaza qilish va onkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 8, 15, 22 va 29-oktabr kunlari tibbiy ko‘riklar hamda mutaxassis konsultatsiyalarini tashkil etmoqda.
07 Okt 2026
Rasmiy munosabat: bepul xizmat tugatilgani yo‘q, yo‘naltirish tartibi o‘zgardi
Ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlarga javoban markaz Toshkent bemorlari uchun bepul xizmat tugatilmaganini, faqat yo‘naltirish tartibi DMED tizimidagi elektron yo‘llanmaga o‘tganini tasdiqlaydi. Yangi bemor marshruti bayon etiladi va yo‘llanma bilan kelgan bemordan diagnostika, davolash yoki dori uchun pul talab qilish taqiqlangani ta’kidlanadi; qoidabuzarlik haqida 1303 ishonch telefoniga xabar berish mumkin.
06 Okt 2026
Qo‘qon filialida Prezident qarori PQ-238 doirasida tibbiy ko‘riklar boshlandi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi xodimlari Qo‘qon filiali mutaxassislari bilan birgalikda tibbiy ko‘riklarni boshladi. Tadbirlar Prezidentning 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan.
06 Okt 2026
Janubiy Koreyaning Myongji Hospital delegatsiyasi markazimiz mutaxassislari bilan uchrashadi
2026-yil 8-oktabrda Janubiy Koreyaning Myongji Hospital shifokorlari delegatsiyasi Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi mutaxassislari bilan uchrashib, gastroenterologiya, davolovchi endoskopiya va gepatopankreatobiliar jarrohlik bo‘yicha klinik tajriba almashadi.
06 Okt 2026
O‘zbekistonlik onkoginekolog Monrealdagi IGCS-2026 konferensiyasida ikkita e-poster taqdim etdi
2026-yil 1–5-oktabr kunlari Kanadaning Monreal shahrida Xalqaro ginekologik onkologiya jamiyatining IGCS-2026 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Onkoginekologiya bo‘limi rahbari, t.f.d. Zaxirova Nargiza Nematovna ikkita elektron poster (e-poster) bilan ishtirok etdi.
06 Okt 2026
Gustave Roussyda xalqaro stajirovka
O‘zbekistonlik tibbiy onkologlar va molekulyar diagnostika yo‘nalishidagi tibbiy biolog 5–16-oktabr kunlari Fransiyaning Gustave Roussy onkologiya markazida o‘quv-amaliy stajirovkada ishtirok etmoqda. Maqsad — ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va uni O‘zbekiston onkologiya amaliyotiga tatbiq etish.
05 Okt 2026
Xitoyning ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha yetakchi ekspertlari markazimizga tashrif buyuradi
Gustave Roussy International Uzbekistan’da ko‘krak bezi saratonini diagnostika qilish va davolash sohasidagi Xitoyning yetakchi mutaxassislari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkaziladi: taqdimot, davra suhbati va Markazning klinik bo‘linmalariga tashrif rejalashtirilgan.
05 Okt 2026
O‘zbekistonda ilk bor — kolorektal saratonni erta aniqlash bo‘yicha milliy dastur
O‘zbekiston Onkologlar Assotsiatsiyasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xalqaro Gustave Roussy International O‘zbekiston tibbiyot markazi kolorektal saratonni erta aniqlashga bag‘ishlangan xalqaro ta’lim dasturini boshladi. Dastur doirasida AQSh, Buyuk Britaniya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirokida kolonoskopiya bo‘yicha amaliy mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
05 Okt 2026
Markazda «Klinik holatlar tahlili» ta’lim seminari
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2026-yil 5-oktyabr kuni soat 16:00 da gibrid shaklda «Klinik holatlar tahlili» mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy ta’lim seminari o‘tkaziladi.